Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Eskirgan banknotalarni topshirish

Bankning valyuta ayirboshlash shaxobchalarida quyidagi alomatlarga ega bo’lgan eskirgan naqd xorijiy valyutalar ham qabul qilinadi:

  • banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo’lsa;
  • banknota enining (bo’yining) to’rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo’lsa;
  • yopishtirib qo’yilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm-2 dan oshmagan) bo’lsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo’lsa;
  • mayda dog’lar, yozuvlar, shtamp izi (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan oshmagan bo’lishi lozim, banknota tugatilganligi, soxtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplardan bundan mustasno) bo’lganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy himoya belgilaridan birining 50 foizidan ortig’ini to’sib qo’ymagan bo’lsa;
  • banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ko’p bo’lmagan teshiklar bo’lsa.

Eskirgan naqd xorijiy valyuta ayirboshlash uchun bank Tariflarida o’rnatilgan 5% miqdordagi komissiya to’lovini undirgan holda qabul qilinadi.

AIT «Ipak Yo’li» bankida jismoniy shaxslar bilan valyuta-ayirboshlash operatsiyalari 2018 yil 29 iyunda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3029-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Ayirboshlash shoxobchlarining manzillari ko'rishingiz mumkin shu yerda.