Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Xorijiy valуutani sotib olish

Jismoniy shaxslar – rezidentlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda o’z faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga xorijiy valyutani sotish Bank tomonidan chiqarilgan VISA va UnionPay xalqaro plastik kartalariga ularni o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mazkur kartalardan mamlakat hududida ham, uning tashqarisida ham erkin foydalanish mumkin.

Xorijiy valyuta bankning istalgan filialiga tashrif buyurgan holda, shaxsiy kabinet va bank mobil ilovasi orqali uni XPK ga o’tkazgan holda sotib olinishi mumkin.

XPK ni ochish uchun faqatgina shaxsni tasdiqlovchi hujjat – passport yoki harbiy guvohnoma (harbiy xizmatchilar uchun) talab etiladi.

Xorijiy valyutani sotish va sotib olish kursi bank saytida , shuningdek, Facebook, Instagram va Telegram.

AIT «Ipak Yo’li» bankida jismoniy shaxslar bilan valyuta-ayirboshlash operatsiyalari 2018 yil 29 iyunda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3029-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risida” gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.