Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Internetda xavfsiz sotib olish — 3D Secure texnologiyasi

AIT “Ipak Yo’li” bankining kartalaridan foydalangan holda internet-do’konlardan xaridlarni amalga oshirish 3D Secure texnologiyasi tufayli yanada qulay va xavfsiz bo’ldi.

3D Secure – karta bo’yicha firibgarlik xatarini maksimal darajada kamaytirish va operatsiyalarni amalga oshiruvchi karta egalarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi Internet tarmog’ida kartalar bo’yicha amalga oshiriladigan to’lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun Visa (Verified by Visa) va MasterCard (MasterCard SecureCode) xalqaro to’lov tizimlari tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiya.

Bu o’zi qanday xizmat turi va uning afzalliklari nimadan iborat?

Mazkur xizmat kartada mablag’larni saqlanish imkoniyatini jiddiy ravishda oshiradi va bunda internet orqali haridlar uchun to’lovlarni amalga oshirishda kartaning standart rekvizitlaridan tashqari mijozdan bankdan olingan qo’shimcha parolni ham kiritish talab etiladi.

Bundan tashqari, karta egalari uchun faqatgina Verified by Visa xizmatiga ulangan kartalarni qabul qiluvchi ko’plab saytlarda internet orqali haridlarni amalga oshirish imkoni mavjud bo’ladi. Bunday sayt va xizmatlarga Qiwi, dunyoning ko’plab davlatlari, xususan, Turkiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya, AQSh, Arab Amirliklaridagi konsullik muassasalari, universitetlari, aviakompaniyalari, turagentliklari, kiyim va boshqa tovarlar do’konlarining ko’plab saytlari kiradi.

Qanday qilib xizmatga ulanish mumkin va u qancha turadi?

Xizmat bepul taqdim etiladi. Xizmatni yoqtirish uchun kartani olayotganda bank ofisida yoki mobil ilovada. Buning uchun, Siz Visa karta bo’limiga kirib menyuda “3D-Secure”ni tanlab “Doimiy” yoki “Bir martalik” parolni tanlashingiz kerak. “Doimiy”dan “Bir martalik”ga yoki aksincha “Bir martalik”dan “Doimiy”ga istalgan vaqt o'zgartirishingiz mumkin.

Qanday foydalaniladi?

Xizmatdan foydalanish juda onson.

Mijoz oldingiday internet orqali haridni amalga oshiradi va to’lov uchun standart karta ma’lumotlarini kiritgandan so’ng, shu saytning o’zida bankdan olingan 3D Secure uchun parolni kiritish kerak bo’lgan alohida oyna chiqadi.

Izoh

Agar internet-do’konda 3D Secure texnologiyasidan foydalanish mumkin bo’lsayu, biroq Siz o’z kartangizda 3D Secure xizmatini yoqtirmagan bo’lsangiz, pul mablag’larini noqonuniy yechib olish bilan bog’liq nizoli holatlar vujudga kelgan taqdirda, AIT “Ipak Yo’li” banki ushbu operatsiyalarga e’tiroz bildira olmaydi.