Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Visa Platinum egalari uchun sug'urta xizmatlari: Uzaytirilgan kafolat dasturi

Visa Platinum. karta egalariga taqdim etiladi

Visa kompaniyasi Visa Platinum to'lov kartasi orqali qilingan xaridga ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etiladigan kafolat muddatiga qo'shimcha ravishda 24 oy kafolat muddatini taqdim etadi.

  • Xaridlar faqat shaxsiy foydalanish uchun sotib olinishi va 100% Visa Platinum kartasi orqali to'lanishi lozim;
  • Ishlab chiqaruvchining kafolati 24 oydan kam bo'lmasligi kerak;
  • Ishlab chiqaruvchining asl kafolati muddati tugagan kunning ertasidan boshlab “Visa”ning uzaytirilgan kafolati kuchga kiradi;
  • Xarid – Visa Platinum karta egasi yashaydigan mamlakatda ro'yxatdan o'tgan savdo kompaniyasidan amalga oshirilishi lozim. Shuningdek, xarid - karta egasi yashaydigan mamlakatda rasmiy sotilishi hamda shu mamlakatda rasmiy kafolatga ega bo'lishi kerak.

Uzaytirilgan kafolat – qiymati 50.00 AQSh dollaridan yuqori bo'lgan xaridlarga taalluqli bo'lib, sug'urta holati yuzaga kelganda Visa - xarid summasi 5 000 AQSh dollariga teng bo'lgan har bir predmetning ta’mirini yoki almashinuvini ta'minlaydi, biroq bir yil davomida 7 500 AQSh dollaridan ko'p bo'lmagan holda.

Batafsil ma'lumot uchun ushbu telefon bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin: 140-69-00.