Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

“Priority Pass” halqaro kartasi – bu butun dunyo bo'ylab aeroportlarning VIP-zallaridan foydalanish imkoni

Visa Gold, Visa Platinum karta egalariga taqdim etiladi.

Priority Pass — bu dunyo bo'ylab aeroportlarning VIP-zallaridan foydalanish imkonini beruvchi dunyodagi yirik dasturdir.

Priority Pass kartasi bilan Siz quyidagi imtiyozlardan foydalanishingiz mumkin:

  • Butun dunyo bo'ylab 400 dan ortiq shaharlarning aeroportlarda joylashgan 950ta VIP-zallarning istalganida aeroport shovqini va bexalovatidan uzoqda dam olish imkoni;
  • Yengil tamaddi va huzurbaxsh ichimliklar bilan osoyishta va qulaylikda parvozni kutish joylari;
  • Biznes-xizmatlar: telefon, faks, Internet, elektron pochta, muzokaralar olib borish xonasi;
  • Aeroportning VIP-zaliga hamkasblarni, mijozlarni va do'stlarni taklif etish imkoniyati.

Priority Pass karta egasi dunyoning qayerida sayohat qilishi va qaysi aviakompaniya klubiga a'zoligiga qaramay, shuningdek, aviachiptaning darajasidan qat'iy nazar dasturda ishtirok etuvchi VIP-zallarning imtiyozlaridan foydalanishi mumkin. Priority Pass dasturining imtiyozlaridan foydalanish uchun Siz birinchi daraja yoki biznes daraja bo'yicha uchishingiz shart emas. Har bir muayyan VIP-zallarda belgilangan qoidalarga ko'ra xizmatlar pullik yoki bepul bo'lishi mumkin.

Qanday qilib “Priority Pass” karta egasi bo'lish mumkin

“Priority Pass” kartasi Visa Gold va Visa Platinum karta egalariga bepul taqdim etiladi.

Kartaga buyurtma berish uchun Bankda ariza rasmiylashtirish lozim bo'ladi va Sizga bank kartasi bilan birga “Priority Pass” kartasi hamda dasturda ishtirok etuvchi har bir zalning xizmat turlari va joylashgan joyi haqidagi ma'lumotlar jamlangan ma'lumotnoma taqdim etiladi.

“Priority Pass” kartasidan qanday foydalaniladi

VIP-zallarga kirish uchun Priority Pass a'zolik kartasini ko'rsatish kifoya. O'zingiz bilan mehmonlaringizni, kuzatuvchilarni va hamkorlaringizni taklif qilishingiz mumkin. Tashrifni qayd qilish uchun zalda Sizning kartangizning izini olib, slipni imzolashingizni so'rashadi. Siz “Cardholders Copy” slipi nusxasini saqlashingiz lozim. Ayrim zallarda karta elektron terminal orqali o'tkaziladi. Zalda bo'lganlik uchun haq to'lanilmaydi. Har oyning oxirida arizada ko'rsatilgan bank kartasidan Siz va Sizning mehmonlaringiz zalga har bir kirganligi uchun to'lov summasi yechiladi.

Dastur to'g'risida batafsil ma'lumotni bu yerda olishingiz mumkin.

“Priority Pass” kartasining old tomonida ko'rsatilgan shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda Siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • “Priority Pass” ma'lumotnomasining oxirgi tahriri bilan tanishishingiz mumkin;
  • “Priority Pass” dasturiga kiritilgan o'zgarishlar haqidagi so'nggi yangiliklarni, shuningdek VIP-zallarda taqdim etiladigan xizmatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin;
  • Muayyan parametrlar bo'yicha VIP-zallarni qidirish imkoniyati (mamlakat yoki aeroport nomi);
  • VIP-zallar to’g’risidagi kerakli ma'lumotni kompyuterga yoki telefonga yuklab olishi imkoniyati;
Batafsil ma'lumot uchun ushbu telefon bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin: 140-69-00