Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar

    Fond bozorida brokerlik xizmati

    Bank yuridik va jismoniy shaxslarga o‘zining brokerlik idorasi orqali brokerlik xizmatlarini ko‘rsatadi, bu esa o‘z o‘rnida bank mijozlari uchun bitimlar qiymatini pasaytirish imkonini beradi.

  1. REPO operatsiyalari

    Bank repo bitimlarini amalga oshirish orqali korxonalarni moliyalash bo‘yicha katta tajribaga ega. Bank emitent va qimmatli qog‘ozlarni likvidligini, korxonani esa mustahkamligini, foyda keltiruvchiligi va to‘lovga layoqatliligini baholaydi. Ushbu operatsiyani amalga oshirishda bank qimmatli qog‘ozlarni diskont qiymatda bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga sotib oladi. Ushbu operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi, kredit operatsiyalarining bitim amalga oshirilayotgan vaqtdagi foiz stavkasi bilan bir xil bo‘ladi.

  2. Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda anderrayting xizmatlari

    Bank qarz mablag‘lariga muhtoj bo‘lgan korxonalarga korporativ qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi. Shu maqsadda bank mijozga kompleks yondoshishni taklif etadi: huquqiy maslahatlar berishdan boshlab va emissiyani investorlar o‘rtasida joylashtirishgacha bo‘lgan xizmatlar.

  3. Mijozning investitsiya portfelini boshqarish bo‘yicha konsalting xizmatlari

    Bank tahliliy ma’lumotlarni, investitsiya strategiyasi va investitsiya qilingan resurslar bo‘yicha operatsiyalarning samaradorligini baholash masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini taqdim eitsh orqali mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga erishdi. Har bir mijozning talabi e’tiborga olinib, unga muvofiq mijozning investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarish bo‘yicha shartnoma shartlari tuziladi hamda hamkorlik rejasi belgilanadi.