Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Korporativ kreditlash

«Ipak Yo‘li» Banki yuridik shaxslar va yuridikni shaxsni tashkil qilmagan xususiy tadbirkorlarga quyidagi turdagi kreditlarni taklif etadi:

Kreditlash shakllari:

  • Korporativ mijozlarni kreditlash
  • Investitsion kreditlar
  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun kreditlar
  • Lizing operatsiyalari
  • Savdo-sotiqni moliyalash
  • MFI liniyasi bo’yicha kreditlash
  • Bank kafolatlari
  • Sindikatlangan kreditlash
  • Kreditlashning boshqa turlari

Bank mablag'lari hisobidan ajratiladigan korporativlar kreditlar:

Kredit maqsadi:

  • Asosiy mablag’larga ega bo’lish uchun;
  • Asosiy vositalarni yetkazib berish va o’rnatish bilan bog’liq xarajatlar, xususan, sug’urta to’lovlari, ro’yxatdan o’tkazish, transport xarajatlari bilan bog’liq to’lovlar va boshqa xarajatlarni qoplash uchun;
  • Qurilish ishlari va ta’mirlashni amalga oshirish uchun;
  • Asosiy fondni kengaytirish, xususan, infratuzilma obyektlarini ta’minlash uchun;
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa maqsadlar uchun.

Qarzdorlarga qo'yiladigan talablar:

  • yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar;
  • O’zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga egalik;
  • belgilangan tartibda va muddatlarda ustav kapitalining shakllantirilganligi;
  • likvidli balansning mavjudligi;
  • daromadli biznesning mavjudligi.

Kredit valyutasi:

Milliy valyutada va AQSh dollarida.

Kredit summasi:

 Qarzdorning moliyaviy-iqtisodiy holati va ehtiyojidan, shuningdek, faoliyat turi, daromad manbalari va biznes hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi, biroq, bunda summa birinchi darajali bank kapitalining 25 foizidan ortiq bo’lmasligi lozim.

Kredit muddati

  • Aylanma mablag’larni to’ldirish uchun – 18 oygacha;
  • Boshqa maqsadlar uchun – 60 oygacha, biroq, 1 yildan kam bo’lmagan muddatga.

Kredit berish shakllari

Naqd pulsiz shaklda.

Kreditning foiz stavkasi:

O'zaro kelishuv asosida o'rnatildi.

Loyihada qardzorning ishtiroki

Loyiha summasining 25 foizidan kam bo’lmagan miqdorda. Bunda, o’z aylanma mablag’lari, mulklari va uskunalari bilan ishtirok etish loyihada qarzdorning ishtiroki sifatida baholanadi.

Kredit ta'minoti

  • Milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar;
  • Ko’char va ko’chmas mulk;
  • Uskuna;
  • Banklar va sug’urta kompaniyalarining kafolati;
  • Uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • Boshqa likvidli mulklar.

Kredit olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar

  • Kredit olish maqsadi, summasi, muddatlari va ta’minot turi ko’rsatilgan kredit olish to’g’risidagi ariza;
  • Korxona ustavi va ta’sis hujjatlarining nusxalari;
  • Yuridik shaxsni ro’yxatdan o’tkazish to’grisidagi guvohnoma nusxasi;
  • Litsenziyaning nusxasi (agar faoliyat turi talab qilsa);
  • Mijoz tegishli vakolatli organning kredit olish to’g’risidagi qarori;
  • Pul mablag’lari kelib tushishi prognozi ko’rsatilgan biznes reja;
  • Moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi (forma-1), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (forma-2), debitor va kreditor qarzdorliklar to’g’risidagi ma’lumotnoma (forma-2а), muddati 90 kundan oshgan debitor va kreditor qarzdorliklar bo’yicha solishtirma dalolatnoma;
  • Ta’minot bilan bog’liq hujjatlar;
  • Bank talabiga ko’ra boshqa hujjatlar.

Lizing - moliyaviy ijaraning asosiy turi bo’lib, unga ko’ra, bir taraf (lizing beruvchi) boshqa taraf (lizing oluvchi) ning topshirig’iga ko’ra uchinchi shaxs (sotuvchi) dan lizing shartnomasida kelishilgan mulk (lizing obyekti) ni sotib oladi va uni shartnomada belgilangan shartlarda egalik qilish va foydalanish uchun haq evaziga lizing oluvchiga topshiradi. Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga milliy valyutada 1 yildan ortiq muddatga beriladi. Lizing barcha uchta subyekt ishtirok etadigan to’g’ridan to’gri shaklda, shuningdek, lizing oluvchi va sotuvchi bitta shaxs hisoblanadigan qaytarma lizing shaklida amalga oshirilishi mumkin. Lizingga olishning majburiy sharti – qarzdorning loyihada ishtirok etishi.

Mulkni lizingga olishning asosiy shartlari:

Lizing summasi:

 Qarzdorning moliyaviy holati, biznesning hajmi (hisobvaraq bo’yicha aylanmalar) ga bog’liq.

Lizing valyutasi

So’m va AQSh dollari

Lizing muddati:

Loyihaga qarab 1 yildan kam 5 yildan ko’p bo’lmagan muddat

Foiz miqdori:

 O’zaro kelishuv asosida o’rnatiladi.

Lizing obyektlari:

  • Turli maqsadlardagi uskunalar;
  • Yuk transporti;
  • Yengil avtotransport;
  • Turli maqsadlardagi maxsus texnikalar;
  • Tirkamalar va yarim tirkamalar;
  • Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan boshqa mulklar.

Lizing bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot:

  • Ko‘chmas mulk;
  • Avtotransport;
  • Depozit;
  • Maxsus texnika;
  • Uskuna;
  • Boshqa likvidli mulklar;
  • Uchinchi shaxslar kafilligi.

Kafolat— bu mijozning asosiy bitim (kontrakt, tender va boshqalar) bo’yicha uchinchi shaxslar oldidagi mavjud yoki kelajakda vujudga kelishi mumkin majburiyatlari bo’yicha javob berishdan iborat bo’lgan Bankning moliyaviy majburiyati.

Kafolatning maqsadi:

  • Bojxona to’lovlarini to’lashni kechiktirish uchun;
  • To’lov kafolati;
  • Avans to’lovlarini qaytarilishi uchun;
  • Tanlov taklifiga tender arizasini ta’minlash uchun;
  • Kontrakt bo’yicha majburiyatlar bajarilishi uchun.

Qarzdorlarga qo'yiladigan talablar:

  • O’zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga egalik;
  • Daromadli biznesning mavjudligi.
  • AIT “Ipak Yo’li” bankida talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ining mavjudligi;
  • Ijobiy kredit tarixiga egalik;
  • Biznesni ro’yxatdan o’tkazilganligi va faoliyat muddatini 6 oydan kam bo’lmasligi ma’qullanadi;
  • Nolikvid balansga ega bo’lgan, zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarga kredit ajratilmaydi.
  • Muddati o’tgan kreditor qarzdorligining mavjud emasligi;
  • Oxirgi 3 moliya yili natijalari bo’yicha ijobiy auditorlik hisobotining mavjudligi.

Kafolat valyutasi:

    Milliy valyutada va AQSh dollarida.

Kafolat muddati:

    36 oygacha.

Kafolat berganlik uchun komissiya:

    O'zaro kelishuv asosida o'rnatildi.

Ta'minot:

  • Milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar;
  • Ko’char va ko’chmas mulk;
  • Uskuna;
  • Banklar va sug’urta kompaniyalarining kafolati;
  • Uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • Boshqa likvidli mulklar.

Kredit olish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:

  • Kredit olish maqsadi, summasi, muddatlari va ta’minot turi ko’rsatilgan kredit olish to’g’risidagi ariza;
  • Korxona ustavi va ta’sis hujjatlarining nusxalari;
  • Yuridik shaxsni ro’yxatdan o’tkazish to’grisidagi guvohnoma nusxasi;
  • Litsenziyaning nusxasi (agar faoliyat turi talab qilsa);
  • Mijoz tegishli vakolatli organning kredit olish to’g’risidagi qarori;
  • Pul mablag’lari kelib tushishi prognozi ko’rsatilgan biznes reja;
  • Moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi (forma-1), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (forma-2), debitor va kreditor qarzdorliklar to’g’risidagi ma’lumotnoma (forma-2а), muddati 90 kundan oshgan debitor va kreditor qarzdorliklar bo’yicha solishtirma dalolatnoma;
  • Ta’minot bilan bog’liq hujjatlar;
  • Bank talabiga ko’ra boshqa hujjatlar.

Faktoring - xo’jalik yurituvchi subyektlar - yetkazib beruvchilarni (matn davomida - mijoz) moliyalashga doir bank xizmatlarining bir turi bo’lib, bunda ular bank - moliyaviy agentga yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovchilar (matn davomida - to’lovchi) tomonidan akseptlangan, lekin to’lov talabnomalari bo’yicha haqi to’lanmagan to’lovni, regress huquqisiz, olish huquqini beradilar.

Oddiy so’z bilan aytganda, bu xo’jalik yurituvchi subyektlar – mahsulot yetkazib beruvchilarning yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov talabnomasi bo’yicha to’lovlarni olish huquqidan Bank foydasiga voz kechish.
Faktoring operatsiyalari "Tijorat banklari tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududida factoring operatsiyalarini o’tkazish tartibi to’grisida" gi Nizom (AV tomonidan 03.08.2000 y. 953-son bilan ro’yxatga olingan) ga asosan amalga oshiriladi.

Faktoring operatsiyasini o’tkazish chog’ida bank pul mablag’larini ular haqini to’lash huquqi faktoring shartnomasida ko’rsatilgan summada bankka taqdim etilgan to’lov talabnomalari bo’yicha mijozning talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvarag’iga o’tkazadi. Bank tomonidan o’tkazilgan summa bilan shartnoma bo’yicha to’lov talabnomasi summasi o’rtasidagi farq bank diskontini tashkil etadi.

Faktorning summasi:

    Qarzdorning moliyaviy holati, biznesning hajmi (hisobvaraq bo’yicha aylanmalar) ga bog’liq.

Faktoring operatsiyalari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin emas:

  • byudjet tashkilotlariga taqdim etiladigan talablar bo’yicha;
  • jismoniy shaxslarning qarz majburiyatlari bo’yicha;
  • to’lovga noqobil deb e’lon qilingan korxonalarning majburiyatlari bo’yicha;
  • zarar ko’rib ishlaydigan korxonalar bo’yicha;
  • nolikvid balansga ega bo’lgan korxonalarga;
  • kapital qo’yilmalarni moliyalash bo’yicha;
  • eksportga oid konsignatsiya kontraktlari bo’yicha;
  • kompensatsiya va barter bitimlari bo’yicha;
  • ishga bosqichma-bosqich yoki bo’nak bilan haq to’lash bo’yicha;
  • to’lovchi shartnomada shartlangan vaqt mobaynida, shuningdek, sotish xizmati ko’rsatilganidan keyin mahsulotni qaytarish huquqiga ega bo’lgan oldi-sotdi shartnomalari bo’yicha.

Arizachilarga qo'yiladigan talablar:

  • muddati o’tgan kreditor qarzdorliklarining mavjud emasligi;
  • yetkazib beruvchi-korxonaning xorijiy sheriklar bilan tuzilgan, hisobga qo’yilgan eksport kontrakti bo’yicha avval yetkazib berilgan tovarlar bo’yicha muddati o’tgan debitor qarzdorliklarning mavjud emasligi.

Faktorning valyutasi:

    So'm va AQSh dollari.

Faktorning muddati:

    90 kundan ortiq bo'lmagan muddat.

Bank diskonti summasi:

    O'zaro kelishuv asosida o'rnatiladi.


Ilova

Lozim bo‘lganda, loyihadan kelib chiqib Bank o‘zida qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini qoldiradi.