Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Yuridik shaxsning korporativ kartasi

Korporativ karta o`zida naqd pul bilan to`lovni amalga oshirish tezligini va yirik miqdorda naqdsiz korinishdagi to`lovlarning xavfsizligi.

Korporativ plastik kartalar – bu mablag`larni korxona xodimlariga hisob berish sharti bilan berishning yangi turi. Odatda korxonaning bitta hisobraqamiga bog`langan bir nechta karta beriladi. O`z o`rinda korxona o`z mablag`larini kartada yozilgan limitdan chiqmagan holda va butun summani yechmasdan sarflashi mumkin. Bank har bir karta bo`yicha korxonaga mablag`larning xarajatlar operatsiyalarning turi harakati to`g`risidato`la ma’lumotni taqdim qiladi.

Korporativ kartalar odatda xo`jalik zaruratlariga, savdo korxonalarida naqdsiz to`lov ko`rinishida, Avtomobilga yoqilg`i quyish shahobchasida, xizmat ko`rsatish sohasiga bog`liq korxonalarda ishlatiladi. Korxonaning qaysi xarajatlariga korporativ kartasini ishlatilishiga qarab ishlatiladi.

Quyidagi xarajatlar uchun korporativ kartani ishlatish mumkin:

  1. Tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog`liq xarajatlari:

    • Mol(tovar)ni sotib olish uchun;
    • Tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog`liq xizmatlar uchun.
  2. Xizmat safari va vakillik xarajatlari:

    • Restoranda to`lovni amalga oshirish uchun;
    • Chiptalarni sotib olish uchun;
    • Mehmonxonada yashash to`lovlari uchun;
    • Avtomibillarni ijaraga olish uchun;
    • Kunliklarni olish uchun.
  3. Xo`jalik va qo`shimcha xarajatlar:

    • Kanselyariya tovarlari, ofis uchun uskunalari, dastur ta’minotlari xaridlariga;
    • Internet xaridlariga (o`quv materiallari, kitoblar va boshqalar);
    • Mehmonxonada yashash to`lovlariga;
    • Kuryer xizmatlari va boshqa xizmatlar;
    • Boshqa tur xo`jalik xarajatlar.