Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Xususiy tadbirkor kartasi

Yuridik shaxsni tuzmagan xususiy tadbirkorlarga o`zarohisoblar olib borish (tovarni sotib olish, xususiy tadbirkorning joriy xarajatlarni to`lash) uchun taqdim qilinadi.

Xususiy tadbirkorning bank kartasidan quyida ko`rsatilgan o`zining shaxsiy ishlab chiqarishi, savdo faoliyati, xizmat ko`rsatish bilan va ishni bajarish bilan bevosita bog`liq xarajatlar uchun to`lovlarni amalga oshirish mumkin:

  • Xom ashyoni va materiallarni (shuningdek qurilish materiallari), yarimfabrikatlarni, furnituralarni, uskunalarni sotib olish uchun;
  • Kommunal to`lovlar (isitish, issiq suv, sovuq suv, chiqindi quvurlari, elektroenergiya, gaz va chiqindini chiqarish) uchun;
  • Ijara to`lovlari uchun;
  • Soliq va boshqa majburiy to`lovlar uchun;
  • Chakana savdo faoliyati bilan shug`ullanadigan xususiy tadbirkorlarga aholiga naqd pulga sotish uchun mol(tovar)ni sotib olish uchun;
  • Joriy faoliyat bilan bog`liq boshqa xarajatlarga to`lovni amalgam oshirish uchun.