Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Bankning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari

«Ipak Yo‘li» banki tuzilganidan paytdan boshlab emission, investitsion, dilerlik va brokerlik faoliyati bankning stretegik yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. Hozirgi kunda «Ipak Yo‘li» banki qimmatla qog‘ozlar bozorining yirik va etakchi investori hamda professional qatnashchisi bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar bozorida mijozlarga keng ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatmoqda.

«Ipak Yo‘li» banki fond birjasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagi turli xizmatlarni taklif qilmoqda:

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning moliya bozoridagi (fond bozorida brokerlik xizmati) bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish;

  • Yuridik shaxslar uchun korporativ obligatsiyalar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun depozit (jamg‘arma) sertifikatlar kabi bankning qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va sotish;

  • Emitentlar fond bozorida o‘z qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirishlari bo‘yicha anderrayter va to‘lov agenti funktsiyasini bajarish;

  • Fond bozorida emitentlar qimmatli qog‘ozlarining ikkiyoqlama kotirovkasini qo‘llab turish bo‘yicha market-meyker funktsiyasini bajarish;

  • Fond birjasida REPO operatsiyalarini amalga oshirish;

  • Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha kafolat berish;

  • Emitentlarga qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar yig‘majildini tayyorlash;

  • Mijozlarning investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarish bo‘yicha konsalting xizmatlari;

Investitsiya va brokerlik faoliyati

  1. Fond bozorida investitsiya faoliyati va brokerlik xizmati

    «Ipak Yo‘li» banki hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozorida yirik investorlardan biri bo‘lib, vatanimizning aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalari bozorida, shuningdek qarz qimmatli qog‘ozlari bozorida, jumladan banklarning korporativ obligatsiyalari va depozit sertifikatlari bozorida investor sifatida qatnashadi. Bank aktsiyalari «Toshkent» fond birjasida listingning A» guruhiga kiritilgan.

    «Ipak Yo‘li» banki 1997 yildan qimmatli qog‘ozlar bozorining faol ishtirokchilaridan biri bo‘lib, mijozlarga dilerlik va brokerlik xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

    Bank yuridik va jismoniy shaxslarga o‘zining brokerlik idorasi orqali brokerlik xizmatlarini ko‘rsatadi, bu esa o‘z o‘rnida bank mijozlari uchun bitimlar qiymatini pasaytirish imkonini beradi.

  2. Yuridik shaxslar uchun korporativ obligatsiyalar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun depozit (jamg‘arma) sertifikatlar kabi bankning qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va sotish;

    Bankning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi asosiy moliyaviy instrumenti quyidagilar:

    • Aktsiyalar
    • Korporativ obligatsiyalar
    • Depozit sertifikatlar va depozit jamg‘arma sertifikatlar

    «Ipak Yo‘li» banki faol emitent bo‘lib, u har yili korporativ obligatsiyalar kabi qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqaradi. Bankning likvid va ishonchli korporativ obligatsiyalari yuridik va jismoniy shaxslarga bo‘sh pul mablag‘larini foydali joylashtirish imkonini beradi. 2008 yildan boshlab, bank umumiy summasi 23,21 mlrd.so‘m bo‘lgan korporativ obligatsiyalarining 5 ta emissiyasini amalga oshirdi.

  3. Emitentlar fond bozorida o‘z qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirishlari bo‘yicha anderrayter va to‘lov agenti funktsiyasini bajarish;

    Anderrayting faoliyati (anderrayting) – Emitent va anderrayter (anderrayterlar) o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan shartlar asosida qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkillashtirish va ularni kafolatli joylashtirilishi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyati. Anderrayter – bu investitsiya vositachisi yoki anderrayting faoliyatini olib boruvchi tijorat banki.

    Bank qarz mablag‘lariga muhtoj bo‘lgan korxonalarga korporativ qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni taklif etadi. Shu maqsadda bank mijozga kompleks yondoshishni taklif etadi: qimmatli qog‘ozlar chiqarishning maqbul parametrlarini tanlashdan boshlab, mijozlar tomonidan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar emissiya risolasini tayyorlash, muomalaga chiqarish va emissiyani investorlar o‘rtasida joylashtirishgacha bo‘lgan xizmatlar.

    «Ipak Yo‘li» Banki anderrayter funktsiyasini bajarib, qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni olib borish va emission qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish imkonyatlaridan foydalanib, o‘ziga qimmatli qog‘ozlarni eng yaxshi narxda va qisqa muddatlarda joylashitirish uchun kerak bo‘lgan hamma harakatlarni bajaradi.

  4. Fond bozorida emitentlar qimmatli qog‘ozlarining ikkiyoqlama kotirovkasini qo‘llab turish bo‘yicha market-meyker funktsiyasini bajarish

    Market-meyker - market-meykerlarning rasmiy ro‘yxatiga kiritilgan, qimmatli qog‘ozlarning aniq bir turining ikkiyoqlama kotirovkasini doimo e’lon qilish va qo‘llab turish hamda qimmatli qog‘ozlarning uyushgan birja va birjadan tashqari bozorida mazkur xizmatlarni amalga oshirishdan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga olgan investitsiya vositachisi;

    Bank fond bozorida emitentlarning qimmatli qog‘ozlarining ikkiyoqlama kotirovkasini doimo qo‘llab turish maqsadida qarz majburiyatlari bozorida market-meyker funktsiyasini bajaradi, shuningdek korporativ qarzni dastlabki joylashtirishning asosiy tashkilotchilaridan biridir.

  5. REPO operatsiyalari

    Repo bitimi – bu qaytarib sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi bitimidir.

    Bank repo bitimlarini amalga oshirish orqali korxonalarni moliyalash bo‘yicha katta tajribaga ega. Repo bitimlari bitim tashabbuskorlari uchun moliyalashning tez va optimal turi bo‘lib, kreditlashning aьternatividir. Bank emitent va qimmatli qog‘ozlarni likvidligini, korxonani esa mustahkamligini, foyda keltiruvchiligi va to‘lovga layoqatliligini baholaydi. Ushbu oerptsiyani amalga oshirishda bank qimmatli qog‘ozlarni bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga sotib oladi. Ushbu operatsiyalar bo‘yicha foiz stavkasi, kredit operatsiyalarining bitim amalga oshirilayotgan vaqtdagi foiz stavkasi bilan bir xil bo‘ladi.

  6. Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha kafolat berish

    «Ipak Yo‘li» banki emitentlar qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi bo‘yicha kafolat beradilar.

  7. Emitentlarga qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar yig‘majildini tayyorlash

    «Ipak Yo‘li» Banki emitentning qimmatli qog‘ozlar chiqarishi va joylashtirishi bo‘yicha tahlil hamda qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun dastlabki hujjatlarni tayyorlash, qimmatli qog‘ozlar chiqariluvini vakolatli organda va markaziy depozitariyda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha kompleks xizmatlarni taklif etadi.

  8. Mijozning investitsiya portfelini boshqarish bo‘yicha konsalting xizmatlari

    Bank tahliliy ma’lumotlarni, investitsiya strategiyasi va investitsiya qilingan resurslar bo‘yicha operatsiyalarning samaradorligini baholash masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini taqdim eitsh orqali mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishga erishdi. Har bir mijozning talabi e’tiborga olinib, unga muvofiq mijozning investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarish bo‘yicha shartnoma shartlari tuziladi hamda hamkorlik rejasi belgilanadi.

  9. Depozitariy xizmatlarini ko‘rsatish

    Emitentlar, investorlar va boshqa manfaatdor shaxslarga qimmatli qog‘ozlar bozorida yanayam to‘liqroq va maqbul hajmdagi xizmatlarni taklif etish uchun 2006 yilda bankning shu’ba korxonasi depozitariy «Osiyo Sarmoya Depo»MChJ ro‘yxatdan o‘tkazilib, ishga tushirildi. «Osiyo Sarmoya Depo» depozitariysi qimmati qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi bo‘lib, depozitariy va investitsiya vositachisi faoliyatlarini olib borish uchun litsenziyaga ega. Depozitariyning tajribali mutaxassislari emitentlar, investorlar va boshqa shaxslarga yuqori professional darajada xizmat ko‘rsatadilar.

    «Ipak Yo‘li» banki orqali Siz bo‘sh pul mablag‘laringizga likvid va umidli bo‘lgan bank qimmatli qog‘ozlarini (korporativ obligatsiyalar va depozit sertifikatlar), shuningdek boshqa bank va aktsionerlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlarini sotib olishingiz mumkin.

    «Ipak Yo‘li» banki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga quyidagi tariflarni taklif qiladi:

    Emitentlar fond bozorida o‘z qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirishlari bo‘yicha anderrayter va to‘lov agenti funktsiyasini bajarish

    Joylashtirilayotgan qimmatli qog‘ozlar summasining 1-2%i

    Qimmatli qog‘ozlar chiqarish bo‘yicha kafolat berish

    Tomonlarning kelishuviga ko‘ra

    Emitentlarga qimmatli qog‘ozlar emissiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar yig‘majildini tayyorlash

    Emissiya summasining 0,1%i

    Qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar

    Tomonlarning kelishuviga ko‘ra

    Qimmatli qog‘ozlar bozorida brokerlik xizmatlari

    Tomonlarning kelishuviga ko‘ra