Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning xorijiy valyuta sotib olish tartibi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g'risida”gi Farmoniga muvofiq 2017 yil 5 sentyabrdan yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xorijiy valyutani sotib olishlari cheklovsiz amalga oshiriladi.

Iste'mol tovarlari importi bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar chet el valyutasini jismoniy shaxslar uchun o’rnatilgan tartibda, banklardagi hisobvaraqlar orqali sotib olishlariga ruxsat beriladi (sotib olingan valyuta mablag'lari bank hisobvarag'iga o’tkazilib, mijozga halqaro bank kartasi beriladi).

Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning chet el valyutasini sotib olishlari o’z bank hisobvaraqlariga kelib tushgan savdo tushumi yoki Bank kassasiga topshirilgan naqd pul mablag'i evaziga amalga oshiriladi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlar konvertasiya operasiyalarini amalga oshirishlari hamda sotib olingan valyuta mablag'larini karta hisob raqamiga o’tkazish maqsadida Bank Visa Exchange va UnionPay Exchange xalqaro kartalarini chiqaradi. Ushbu kartalardan import qilinayotgan iste'mol tovarlari to’lovlari uchun foydalanish mumkin.

Visa Exchange/UnionPay Exchange xalqaro kartalari ushbu karta egalariga quyidagi operasiyalarni cheksiz amalga oshirish imkoniyatini beradi:

  • O’zbekiston Respublikasidan tashqarida bankomatlar orqali naqd pul mablag‘larini echish yoki savdo-xizmat korxonalarida to’lovlarni amalga oshirish.
  • bank o’tkazmalari orqali tasdiqlovchi hujjatlar (invoys yoki to’lov uchun hisob yoki import kontrakti) asosida to’lov.

Bank Visa Exchange xalqaro kartalariga bonus tariqasida qo’shimcha UnionPay Exchange konversion kartasini taklif etadi. Ushbu karta Bank tomonidan bepul chiqariladi, ӽamda qo’shimcha 25 AQSh dollariga teng bo’lgan pasaymaydigan qoldiqni talab etmaydi.

Visa Exchange xalqaro kartalari bo’yicha xizmat ko’rsatish tariflari:

  • karta chiqarilishi – 50 000.00 (ellik ming) so’m;
  • karta hisobidagi pasaymaydigan qoldiq – 100.00 AQSh dollari;
  • tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni o’tkazish haqi – to’lov summasidan 0,5%;
  • naqd pul mablag'larini echish – to’lov summasidan 1%.

UnionPay Exchange xalqaro kartalari bo’yicha xizmat ko’rsatish tariflari:

  • karta chiqarilishi – 25 000.00 (yigirma besh ming) so’m;
  • karta hisobidagi pasaymaydigan qoldiq – 25.00 AQSh dollari;
  • tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni o’tkazish haqqi – to’lov summasidan 0,5%;
  • naqd pul mablag'larini echish – to’lov summasidan 1%.

Bankning ma'lumot xizmati:
Tel. (+998 71) 140-69-00, 140-78-00
email: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.