Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Ipak Yuli Mobile for Business mobil ilovasi

«Ipak Yuli Mobile for Business» mobil ilovasi («Internet Banking» tizimi mobil ilovasi) – Bank mijozlariga (yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, va boshqa tashkilotlarga) masofaviy bank xizmatlarini ko’rsatish uchun mo’ljallangan mobil qurilma uchun dasturiy xizmatdir.

Ko’rsatiladigan xizmatlarning afzalliklari:

  • Mijozning hohshiga ko'ra mobil ilovadan foydalangan holda hisobvaraqni masofadan boshqarish va mijozlar hisobvaraqlarining holati to'g'risidagi axborotni olish.

Agar mijoz oldinroq bank bilan «Internet Banking» tizimida xizmat ko’rsatish to’g’risida shartnoma tuzgan bo’lsa, unda Mobil ilovaga ulanish uchun mijoz Bankning rasmiy (korporativ) sayti “http://www.ipakyulibank.uz” da joylashtirilgan, belgilangan shakldagi Mobil ilovaga ulash to’g’risidagi ariza bilan bankka tashrif buyurishi va tariflarni imzolashi lozim bo’ladi.

Agar mijoz oldin «Internet Banking» tizimidan foydalanmagan bo’lsa, unda mijoz tegishli arizani bergan va tariflarni imzolagan holda shartnoma tuzish uchun Bankka tashrif buyurishi lozim bo’ladi.
Mobil ilovadan foydalanish maqsadida, foydalanuvchi “Ipak Yuli Mobile for Business” mobil ilovasini o’zining mobil qurilmasi operatsion tizimi (Android или iOS) imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda GooglePlay yoki AppStore internet do’konlaridan yuklab olishi mumkin.

Masofaviy bank xizmatlari ko’rsatish masalalari bo’yicha Bank amaliyot boshqarmasi yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatish bo’limiga yoki xizmat ko’rsatadigan filialdagi yuridik shaxslarning hisob-kitob operatsiyalari sektoriga murojaat qilish lozim.

«Ipak Yuli Mobile for Business» mobil dasturi bo'yicha foydalanuvchilarga qo'llanma bilanbu erda tanishingiz mumkin.

Ariza shakllari bilan bu erda tanishingiz mumkin.