Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Hisob raqam bo`yicha xizmat ko`rsatish

AIT “Ipak Yo’li” Bankida hisob-kassa xizmatlari mijozlar uchun bank operatsiyalarining puxta va tezkor ravishda amalga oshirilishiga asoslangan. Bank tomonidan ko’pchilik mahalliy va bir qator xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilgan.

Bank mijozlarga hisob-kassa xizmatlarini ko’rsatish sohasida faol ishlab kelmoqda. Jumladan, Bank tomonidan yangi mijozlarni jalb qilish, bankda hisobvaraqlari mavjud mijozlarga ko’rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini yanada kengaytirishga katta ahamiyat berilmoqda.
AIT “Ipak Yo’li” Banki tomonidan xorijiy va milliy valyutadagi hisob-kassa xizmatlari yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga taqdim etiladi.
Bank tomonidan taklif etiladigan hisob-kassa xizmatlari turlari:
• milliy va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko’rsatish;
• naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
• xalqaro to’lovlarni amalga oshirish;
• naqd pul mablag’lari bilan operatsiyalar o’tkazish;
• hujjatli (dokumentar) operatsiyalarni amalga oshirish;
• konversion operatsiyalar;
• bank hisobvarag’i bo’yicha tezkor ma’lumotlarni olish;
• “Internet Banking”, shuningdek, “Ipak Yuli mobile for business” tizimlari orqali bank hisobvarag’ini kuzatish va boshqarish imkoniyati va boshqalar.