Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

AIT “Ipak Yo'li” bankida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi

Mamlakatimiz Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi farmoni va “O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori doirasida AIT “Ipak Yo'li” bankida O'zbekiston yoshlar ittifoqining Yetakchilar kengashi faoliyatini tashkil etish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda yosh xodimlarning ko'pchilik ovozi bilan G'aznachilik boshqarmasi Moliya - taxlil bo'limi boshlig'i Xakimov Azizbek Abdilalim o'g'li O'zbekiston yoshlar ittifoqining Ipak Yo'li bankidagi Yetakchilar kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, yoshlar orasidan ochiq ovoz berish yo'li bilan Nodir Axunjanov, Aziza Raximova, Bobur To'xtaboev va Jaxonbek Xaydarov Yetakchilar kengashi a'zolari etib saylandi.

Yetakchilar kengashi o'z faoliyatida yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish borasida bank tizimida xizmat qilayotgan yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini ilgari surib boradi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining majlislar zalida joriy yilning 20 oktyabr kuni Markaziy bank hamda barcha tijorat banklari yetakchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab – quvvatlash to'g'risidagi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi “O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora – tadbirlar to'g'risidagi PQ-3138-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar yuzasidan davra suxbati bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuvda bank tizimidi mexnat qilib kelayotgan yosh xodimlarni ittifoq faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularni banklarda tashkil etilgan boshlang'ich tashkilotlarga a'zo bo'lishi masalalari muxokama etildi. Bundan tashqari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan banklar o'rtasida o'zaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir necha bitimlar loyixasi ko'rib chiqildi.