Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Korporativ axloq qoidalari va xizmat etikasi kodeksining maqsad va vazifalari

 

Korporativ axloq qoidalari va xizmat etikasi Kodeksining (kelgusida matnda - “Kodeks”) maqsadi AIT “Ipak Yo’li” bankining faoliyatini rivojlantirish, ish faoliyati sifatini va unumdorligini oshirish, xodimlar orasida ish yuzasidan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish tamoyillarini aniqlashdan iboratdir.

Quyidagilar ushbu Kodeksning vazifalari hisoblanadi:

  • Bankning aksiyadorlari, rahbariyati va xodimlari uchun umumiy hisoblangan Bank Missiyasini mustahkamlash va umumiy qadriyatlarni aniqlash.
  • Xizmatdagi odob-axloq qoidalarini mustahkamlash.
  • Korporativ madaniyatni shakllantirish.
  • Bank hamkorlari va xodimlari tomonidan umumiy maqsadlarni anglash hamda ushbu maqsadlarga yetishish vositalarini aniqlash.
  • Tashqi va ichki kommunikatsiyaning effektiv tizimini shakllantirish.
  • Manfaatlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtimoliy ziddiyatlarni oldini olish tamoyillarini aniqlash.
  • Aksiyadorlar, mijozlar, hamkorlar va bank xodimlari manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash.