Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Bank missiyasi va rivojlanish strategiyasi

Bank aktsiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan 2016 yilgacha bo’lgan davr uchun Bankning strategik rivojlanish Rejasi qabul qilinib, unga muvofiq, «Ipak Yo’li» AITB o’zining ASOSIY MISSIYASINI belgiladi: o’z mijozlariga ularning biznesi talablariga javob beruvchi keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini professional taqdim etish orqali respublikada xususiy tadbirkorlikni mustahkamlashga ko’maklashish.

Missiyaning amalga oshirilishi va Bank faoliyatining samaradorligini o‘sishi biznes-jarayonlarni takomillashtirish, yangi sifatli texnologik bazani shakllantirish, har bir xodimning o‘z faoliyati natijasiga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda yangi boshqaruv va rag‘batlantirish echimlarini amalga tatbiq qilishni talab qiladi.

O‘z missiyasini bajarish uchun Bank o‘zining STRATEGIK MAQSADI sifatida risklarning maqbul darajasini saqlagan holda biznesning qiymatini oshirish, shaffoflik, barqarorlik va ishonchlilikni ta’minlashni belgilab oldi.

Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

Biznesni rivojlantirishning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish – Bank faoliyatini quyidagi vazifalarni bajarish uchun qayta yo‘naltirish:

  • mijozlarga xizmat ko‘rsatishda segmentga yo‘naltirilgan yondashuv;
  • ayni vaqtning o‘zida bir necha turdagi xizmatlar ko‘rsatishni kengaytirish;
  • biznes-jarayonlarni takomillashtirish;
  • risklarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish;
  • korporativ madaniyatni takomillashtirish.

Samaradorlikning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlariga erishish – Samaradorlikning quyidagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini davomiy o‘sishini ta’minlash va saqlab turish, o‘z navbatida bankning kelgusidagi rivojlanish salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi:

  • kapitalning etarlilik darajasi – kamida 14 foiz;
  • Leveraj (o‘z mablag‘lari/jami aktivlar) – kamida 8 foiz;
  • xususiy kapitalning rentabellik koeffitsienti – kamida 20 foiz;
  • dividendlar darajasi –bir aktsiyaga kamida 20 foiz;
  • aktivlar o‘rtacha qiymatining rentabellik koeffitsienti – kamida 2 foiz;
  • sof foizli marja – kamida 8 foiz.

Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish – xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish ustuvor strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bankning institutsional rivojlanishi, mijozlarga yuqori sifatli, aksariyat hollarda eksklyuziv mahsulotlarning taklif qilinishi, biznes yuritishning yuqori standartlarini hamda bankning ishchanlik obro‘sini shaffofligini saqlab turilishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Bozordagi mavqeini yaxshilash – aktivlar hajmi bo‘yicha bank sektorida egallagan ulushini 3 foiz darajasida quyidagi ikki yo‘nalishni maqbul darajada birlashtirish orqali saqlab turish:

  1. Ustuvor bank bozorlarida raqobatli pozitsiyalarni mustahkamlash – savdo va loyihalarni moliyalashtirish, mikromoliyalashtirish, chakana kreditlash, plastik kartalar chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish segmentlarida.
  2. Respublikaning ustuvor mintaqalarida samarali ishtirokini ta’minlash – mintaqaviy tarmoqni kengaytirish strategiyasini amalga oshirishni davom ettirish.