Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

 Aksiyadorlik innovatsiya tijorat «Ipak Yo’li» bankining 2018 yil uchun Biznes-rejasi

Bankning Biznes-rejasi rahbariyat tomonidan aniqlanadigan qisqa muddatli vazifalarni belgilaydi va Bankning 2018 yildagi tijoriy faolligini aniqlashtirish maqsadida qabul qilinadi. Biznes-reja filiallar va tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining rejalashtirilgan natijalarga erishish bo’yicha javobgarligini belgilaydi.

Bank biznesini yuritishning xalqaro standartlari va respublikada bank xizmatlarini takomillashtirishni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka kiritilayotgan o’zgartirishlar talablari darajasida iqtisodiyotning turli sektorlaridagi mijozlarga bank xizmatlari ko’rsatishni avtomatlashtirish va takomillashtirish yo’li bilan Bank faoliyati samaradorligini maksimal ta’minlash va oshirib borish Bankning 2018 yildagi asosiy maqsadi qilib belgilangan.

2018 yilda Bankning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Bankning yanada samarali rivojlanishini ta’minlash uchun kapital darajasini oshirish;
  • Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish;
  • Bank faoliyati samaradorligini oshirish;
  • Biznesni rivojlantirish va bank tuzilmasini optimallashtirish.

2018 yilda Bank yangi moliyalashtirish liniyalari va kapitalga investitsiyalar jalb etish hamda o’zaro foydali va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish bo’yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishni davom ettiradi.

Hozirgi vaqtda Bank mijozlarning hisobvaraqlarini ochish va ularni yuritish, ularning o’tkazmalariga xizmat ko’rsatish, nosavdo va mijozlarning tashqi iqtisodiy faoliyatida xizmat ko’rsatish bilan bog’liq keng ko’lamdagi operatsiyalarni amalga oshirmoqda. Korporativ mijozlarga bank xizmatlarini ko’rsatish bozorida o’z ishtirokini oshirishni rejalashtirilayotgan yilda Bank o’zining vazifalaridan biri sifatida ko’rmoqda. Qo’yilgan maqsadga mijozlar bilan uzoq yillik munosabatlarni va o’zaro foydali hamkorlikni shakllantirish asosida erishish rejalashtirilmoqda.

Bank tomonidan biznesning barcha yo’nalishlari samaradorligini, xizmatlar sifatini oshirish, yangi turdagi mahsulotlar va xizmatlarni joriy etish, Bank mobil ilovasi orqali yuridik va jismoniy shaxslarga masofaviy xizmatlarni ko’rsatishni rivojlantirish bo’yicha maqsadlar belgilab olingan. Bundan tashqari, Bankda moddiy va texnik resurslar hamda imkoniyatlarning mavjudligi biznesning plastik karta yo’nalishini jadal sur’atlarda rivojlantirishni rejalashtirish imkonini beradi.