Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Ekologik siyosati

Osiyo taraqqiyot banki talablariga muvofiq Bank Kengashi tomonidan «Ekologik va Ijtimoiy Risklarni Boshqarish Tizimi (EIRBT) to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi Qonunlari, Davlat ekologik ekspertizasi to’g‘risidagi Nizomi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 491-sonli Qarori, shuningdek «Ekvator tamoyillari»ga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizomning asosiy maqsadi bankning faoliyati va u tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalardan kelib chiquvchi atrof-muhit va jamiyatga bo‘lgan salbiy ta’sir riskini kamaytirishdan iborat. Nizom xalqaro standartlar bo‘yicha loyihalarni tasniflash, tasniflangan loyihalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash bo’yicha tartibotlarni, shuningdek ekologik zaif bo‘lgan loyihalarni monitoring qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu maqsadda Bank loyihalarning ekologik va ijtimoiy risklar bilan bog‘liqlik darajasidan kelib chiqib, barcha kredit operatsiyalarini tasniflash jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda, bu esa noto‘g‘ri identifikatsiya qilish xavfini kamaytirish imkonini beradi.