Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Gender siyosati

Gender siyosati/strategiyasi - bu jamiyatning barcha sohalarida ayol va erkaklarning huquqlari, manfaatlari, majburiyat va imkoniyatlarining tengligiga erishilishiga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, jinsiy mansublik bo‘yicha kamsitilishni bartaraf qilish maqsadida amalga oshiriladi.

Gender siyosatining asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa hujjatlari, shuningdek, ayollar va erkaklarning teng huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan xalqaro konventsiyalar bilan kafolatlangan. Shu bilan birga, u teng imkoniyatlarni ta’minlash va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yaxshilash barqaror rivojlanishga mustahkam zamin yaratilishini anglashni o‘sayotganligini bildiradi.

«Ipak Yo’li» AITB Gender strategiyasi Bankda ishlayotgan, shuningdek Bank xizmatlaridan foydalanuvchi ayollarning gender tengligiga hamda mavqeini yaxshilashga erishish bo’yicha yo‘nalishini belgilaydi. Gender siyosatida keltirilgan maqsad va vazifalar Bankning barcha bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiydir.

Gender siyosatining maqsadlari

«Ipak Yo’li» AITB gender siyosatining asosiy maqsadi Bank tomonidan taqdim qilinayotgan moliyaviy xizmatlardan foydalanishda ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar taqdim qilish, shuningdek Bankning boshqaruv tuzilmalarida ayollar va erkaklarning muvofiqlashtirilgan vakilligi hamda ishtirokini ta’minlashdan iborat.

Bankning xodimlar siyosatiga gender munosabatlarni joriy etish maqsadida ikki asosiy yo‘nalishni rivojlantirish lozim: ishga qabul qilishda teng imkoniyatlar yaratish hamda Bankda ayollar mehnatiga bo‘lgan talabni va uning mansab pog‘onalarida o‘sishida raqobatbardoshligini oshirish orqali ayollar bandligiga ko’maklashish.

Mehnat munosabatlari borasida «Ipak Yo‘li» AITBning gender faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:

  1. Ayollar bandligi va ayollarni ishga qabul qilinishi hamda mansab pog‘onalarida o‘sishida teng huquqli sharoitlarni ta’minlanishiga ko‘mak berish;
  2. Ayolning bola tarbiyasi hamda uydagi majburiyatlarini muvaffaqiyatli xizmat mavqei bilan uyg‘unlashtirishga sharoitlar yaratish, shuningdek homiladorlik va tug‘ish nafaqasini, kasallik va boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha to‘lovlar to‘lanishini kafolatlash;
  3. O‘zbekiston Respublikasi ichida va xorijda amaliyot hamda stajirovka o‘talishi, ta’lim olishiga teng imkoniyatlar yaratish orqali kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ayollarning malakasi va moliyaviy bilimlarini oshirish;
  4. Qarorlar qabul qilish darajasida ayollar vakilligini oshirish maqsadida, Bankning barcha bo‘g‘inlaridagi ishlarda ayollar va erkaklarning teng huquqli ishtirokiga erishish;
  5. Ishga qabul qilish yoki zimmasiga yuklatilgan funktsiya va vazifalarni bajarish jarayonida mojaroli va nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda ayollarni huquqiy himoya bilan ta’minlash;
  6. Bankning barcha bo‘g‘inlari va mintaqaviy bo‘linmalari kesimida Bank xodimlari orasida gender xabardorlik darajasini oshirish;
  7. Bir-biriga o‘xshash majburiyatlarni bajarishda ayollar va erkaklarni teng rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish.

Mijozlar siyosatiga nisbatan «Ipak Yo‘li» AITB gender faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:

  1. Gender mansubligidan qat’i nazar Bankning har bir mijoziga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishini kafolatlash;
  2. Ayollarga Bank xizmatlari va mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishga teng imkoniyatlar berilishini ta’minlash;
  3. Maxsus kreditlash dasturlarida qatnashish uchun ayollarning loyihalarini ko‘rib chiqish muddatlari va kreditlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish hamda kreditlash tartibotlarini soddalashtirish va imtiyozlar taqdim qilish;
  4. Biznesni yuritish, soliqqa tortish va ro‘yxatga olish, mehnat qonunchiligi, bozor, talab va taklifni tahlil qilish, raqobatli ustunliklar bo‘yicha ma’lumotlarni olishga ayollarni yanada ko‘proq imkoniyatini ta’minlash;
  5. Ayollarga, ayniqsa qishloq joylaridagi ayollarga qarorlar qabul qilishda o‘ziga bo‘lgan ishonchni, shuningdek ayollarni banklarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida maslahat yordamini taqdim qilish;
  6. Ayollarning moddiy holatini yaxshilashga xizmat qiluvchi yangi mahsulot va loyihalarni amalga tatbiq qilish;
  7. Bank xizmatlari taqdim qilinishida nizoli holatlar kelib chiqqanda ayollarga huquqiy himoya va ko‘mak berilishini ta’minlash.