Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Bankning kadrlar siyosati

Bank xodimlari uning barqarorligini ta’minlovchi va biznesi qiymatini oshiruvchi eng katta qimmatligi hisoblanadi. Tartiblilik, yuqori darajadagi kasbiy mahorat, maqsadga intiluvchanlik, tezkorlik va birdamlik –ushbu barcha sifatlar xodimlari soni 1800 dan ortiq bo‘lgan Bank jamoasini birlashtirib turibdi.

Bankning rivojlanishida asosiy omil kadrlar siyosati ekanligini tushungan holda, Bank har bir xodimning rivojlanishi va o‘zini ko‘rsata olishi uchun maksimal qulay sharoitlar yaratishga intiladi. Birinchi navbatda, Bank istiqbolli xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi, ularning kasbiy hamda shaxsiy salohiyatini yuzaga chiqarish uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanmoqda, maksimal darajada ijtimoiy muhofazasini ta’minlamoqda.

Yangi xodimlarni qabul qilish.

Yangi xodimlarni ishga olinishi Bank tomonidan barcha nomzodlarga teng imkoniyatlarni taqdim qilish asosida amalga oshiriladi va har bir yangi xodimning imkoniyatlari va qobiliyatlariga xolis baho beriladi. Ustoz va shogird tizimini rivojlanishi, oliy o‘quv yurtlarining istiqbolli talabalari qatoridan mutaxassislar lavozimlariga zahiralar tayyorlash Bankka yuqori malakali kadrlar tarkibining ishonchli asosini yaratish imkoniyatini bermoqda.

Tarkibiy bo’linma nomiVakant lavozimNomzodlarga qo’yiladigan talablar
Ichki audit boshqarmasi Informatsion texnologiyalar auditi bo’limi bosh mutaxassisi
  • Axborot texnologiyalari yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumot.
  • Ijobiy muloqot ko’nikmasiga va tahliliy hamda insonlar bilan ishlash qobiliyatiga egalik, stressga bardoshlilik.
  • Dasturlash tillarini bilish va axborot tizimlarini joriy etish tajribasiga egalik ma’qullanadi.
  • Informatsion texnologiyalar sohasidagi amaliy ish tajribasi – 5 yil va bank sohasida 3 yildan kam bo’lmasligi.
  • Ingliz tili bo’yicha “Intermediate” dan kam bo’lmagan darajada ega bo’lishi.
  • O’zbek va rus tillarida erkin muloqot qila olish.