Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Kollegial organlar

Bank Kengashi qoshida to‘rt qo‘mita tashkil qilingan bo‘lib,ularning zimmasiga Bank Kengashining strategik va nazorat vazifalari bilan bog‘liq masalalarni yanada batafsil ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan.

Mukofotlash bo‘yicha qo‘mita bank Kengashi qoshidagi kollegial organ hisoblanadi. Qo‘mitaning maqsadi Bank Kengashi, Bankning Taftish komissiyasi, Bank Kengashi qoshidagi qo‘mitalar a’zolarini mukofotlash va kompensatsiya to‘lashning samarali, shaffof hamda aniq tizimini shakllantirish va boshqarish masalalari, shuningdek bank xodimlarining mehnatga haq to‘lash tizimi bo‘yicha Bank Kengashiga tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

Korporativ boshqarish bo‘yicha qo‘mita Bank Kengashi qoshidagi kollegial maslahat organi hisoblanadi. Qo‘mitaning maqsadi bank aktsiyadorlari huquq va manfaatlari himoyasini kafolatlaydigan, boshqaruv organlari va tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida samarali hamkorlik qilish tizimini shakllantirish imkonini beradigan, xalqaro standartlarga javob beruvchi samarali korporativ boshqaruv tizimini shakllantirishdan iborat, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning investitsiya jozibadorligini o‘sishini, reytinglar ko‘tarilishini ta’minlash, jalb qilinadigan mablag‘lar qiymatining pasayishi hamda umuman olganda Bank faoliyatining rentabelligi, barqarorligi va shaffoflig idarajasini oshirilishi masalalari bo‘yicha Bank Kengashi uchun tavsiyalar ishlab chiqish kiradi.

Auditorlik qo‘mitasi Bank va uning alohida tarkibiy bo‘linmalari faoliyati, mansabdor shaxslari harakatini amaldagi qonunchilik, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari hamda bankning ichki siyosatlari, nizomlari va tartiblariga muvofiqligini baholaydi, shuningdek ichki nazorat tizimining samaradorligi va adekvatligini, risklarni boshqarish va ichki audit o‘tkazish bo‘yicha qabul qilingan tartibotlarni tahlil qilish va baholashni amalga oshiradi.

Risklarni boshqarish qo‘mitasi Bankda risklarni boshqarish bo‘yicha samarali, integratsiyalashgan tizimning mavjudligi va uning faoliyat ko‘rsatishi sohasida Bank Kengashiga tartibga solish va nazorat vazifalarini amalga oshirishida, mazkur tizimni takomillashtirish, mustahkamlash hamda Bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni tahlil qilishda ko‘maklashadi.

Shuningdek Bank Boshqaruvi qoshida to‘rt qo‘mita tashkil qilingan:

  • Kredit qo‘mitasi
  • Resurslarni boshqarish qo‘mitasi
  • Investitsiya qo‘mitasi

Ushbu qo‘mitalar tasdiqlangan nizomlar asosida harakat qiladi va ular aktiv operatsiyalarni ma’qullash bo‘yicha qarorlar qabul qilish, ichki limitlarni belgilash, resurslar jalb qilish, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni amalga oshirish, shuningdek nazorat vazifalarini bajaradilar.

Bank aktsiyadorlari va investorlariga asoslangan qarorlarni qabul qilish imkoniyatini ta’minlash maqsadida Bank o‘z vaqtida to‘liq va haqqoniy bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qiladi, bular jumlasiga moliyaviy holati, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, mulkiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish mumkin.