Ру | En

МА'LUMOT XIZMATI
78-1406900
78-1476900
Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.

Bankning tashkiliy tuzilmasi

Bankning Boshqaruv organlari quyidagilar hisoblanadi:

  • Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi;
  • Bank Kengashi;
  • Bank Boshqaruvi.

Aktsiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bankning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.

Taftish komissiyasi Bankning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi.

Bank Kengashi bank faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Bank Ustavi bilan aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolati doirasiga kiritilgan masalalarni hal etish bundan mustasno. Bank Kengashining vakolat doirasiga Bankni malakali rahbariyat bilan ta’minlash, Bank aktsiyadorlari, omonatchilari va kreditorlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Bank faoliyatini, kreditlash va mablag‘larni investitsiyalashning to‘g‘riligini nazorat qilish, bank kapitallashuvini adekvatligini saqlash, faoliyatning strategiyasini tartibga solish, bankning rivojlanish biznes-rejasi ijrosini nazorat qilish, foydalilik monitoringi, Ichki audit boshqarmasi faoliyat ko‘rsatishini tashkil qilish, qonuniy, xavfsiz va oqilona bank faoliyatini yuritish uchun operatsion siyosatlarni tasdiqlash, shuningdek bank manfaati yo‘lida boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.